«davlat budjeti» tegli maqolalar


Yog‘ va go‘sht importi bo‘yicha soliq imtiyozlari hisobiga budjetga 1,4 trln so‘m tushmaydi
1 iyun 2022, 23:12

Yog‘ va go‘sht importi bo‘yicha soliq imtiyozlari hisobiga budjetga 1,4 trln so‘m tushmaydi

Go‘sht, o‘simlik yog‘i va kartoshka importi uchun soliq imtiyozlari tufayli budjet yo‘qotishi 1,4 trln so‘mga yaqinroqni tashkil etadi. Bu yo‘qotishlarni xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobidan tovarlar olib kirishda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini bekor qilish, soliqlar yig‘imlarini ko‘paytirish hisobiga qoplash rejalashtirilmoqda.

Poytaxt va 7 ta hudud hokimiyatlari mahalliy budjetlar ochiqligi bo‘yicha talablarni buzdi
19 may 2022, 11:46

Poytaxt va 7 ta hudud hokimiyatlari mahalliy budjetlar ochiqligi bo‘yicha talablarni buzdi

Toshkent shahri va 7 ta hudud hokimiyatlari ochiq ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid ravishda mahalliy budjetlarning ijrosi va birinchi chorakda mablag‘larni yo‘naltirish maqsadlari to‘g‘risidagi axborotlarni joylashtirmagan. Ular Antikorrupsiya agentligi tomonidan ogohlantirildi.

Ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga stipendiya ham beriladi
30 aprel 2022, 13:23

Ayrim nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga stipendiya ham beriladi

Prezident qarori bilan «Ishga marhamat» monomarkazlarida o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa bilan birga 540 ming so‘m miqdorida har oy stipendiya to‘lab beriladi. Shuningdek, yetim bolalar ikkilamchi bozordan davlat olib bergan uy-joyni rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun boj to‘lamaydi.

OTB tavsiyalari: budjet mablag‘larini samaraliroq sarflash va soliqlarni optimallashtirish
23 aprel 2022, 13:20

OTB tavsiyalari: budjet mablag‘larini samaraliroq sarflash va soliqlarni optimallashtirish

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’ati Ukrainadagi urush tufayli sezilarli darajada sekinlashadi, biroq yanada samaraliroq budjet xarajatlari va yashil moliyalashtirish kelgusida o‘sishning tezlashishiga xizmat qilishi mumkin. Osiyo taraqqiyot banki o‘z prognozlariga tayangan holda, beqarorlik va risklar davrida hukumatlarga budjet-soliq siyosati bilan bog‘liq tavsiyalar bermoqda.

1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi
4 yanvar 2022, 14:43

1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, 1 yanvardan boshlab avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi. Hozirga qadar yangi avtomobil xarid qilinganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi.

15 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 dekabr 2021, 22:00

15 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qashqadaryoda yer tagidan chiqayotgan tutun, «Qizil kitob» ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlaganlar, Nurafshondagi yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmagani, noyabrda inflyatsion kutilmalar oshgani sabablari, O‘zbekistonda yig‘ilib qolgan 4 mln tonna radioaktiv chiqindi, tez fursatlarda umra safariga ruxsat berilishi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 15 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
15 dekabr 2021, 19:12

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi. Unga ko‘ra, kelgusida yilda mamlakat YAIM o‘sish sur’atlari 6 foiz, inflyatsiya esa 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga jami 74,6 trln ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat budjeti xarajatlarini bir yil ichida uchinchi marta oshirish ma’qullandi
15 dekabr 2021, 15:38

Davlat budjeti xarajatlarini bir yil ichida uchinchi marta oshirish ma’qullandi

Qonunchilik palatasi yil davomida uchinchi marta davlat budjeti xarajatlarini oshirishni ma’qulladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, eksport sohalarini qo‘llab-quvvatlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa sohalar uchun 2,2 trln so‘m ajratilmoqda. Tuzatishlar uch o‘qishdayoq qabul qilindi.

Deputat 2022 yil uchun Davlat budjeti loyihasi kechikayotganini ma’lum qildi
9 noyabr 2021, 21:23

Deputat 2022 yil uchun Davlat budjeti loyihasi kechikayotganini ma’lum qildi

Vazirlar Mahkamasi 15 oktabrgacha loyihani taqdim etishi kerak bo‘lsada, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 2022 yilgi budjet loyihasi haligacha kelib tushmadi, deya ma’lum qildi deputat Doniyor G‘aniyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat iyun oyida yangilangan o‘rta muddatli fiskal strategiyani tasdiqlashi kerak edi, biroq bu hali amalga oshmagan.

Energetika vazirligi — gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan ajratilgan 1 trln so‘m haqida
5 noyabr 2021, 17:05

Energetika vazirligi — gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan ajratilgan 1 trln so‘m haqida

2020 yil yakuniga ko‘ra, «O‘ztransgaz» tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan 1000 kub metr tabiiy gazning qiymati gazning o‘rtacha narxidan 90 ming so‘mga qimmatroq bo‘ldi. Buning oqibatida 3,6 trln so‘mlik zarar vujudga kelgan. Shu munosabat bilan davlat budjetidan 1 trln so‘mlik subsidiya ajratilmoqda, deya tushuntirdi Energetika vazirligi.

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi
28 oktabr 2021, 15:34

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi

Senatorlar davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish orqali Enegretika vazirligiga «respublika iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy gaz sotib olish va sotishning o‘rtacha bahosidagi farqni qoplash uchun subsidiya» sifatida 1 trln so‘m ajratishni ma’qulladi.

«Davlat qarzini YAIMga nisbatan 45−50% chegarasida ushlab turishni rejalashtiryapmiz» — Ahadbek Haydarov
23 sentabr 2021, 10:36

«Davlat qarzini YAIMga nisbatan 45−50% chegarasida ushlab turishni rejalashtiryapmiz» — Ahadbek Haydarov

Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning ma’lum qilishicha, 2020 yilda koronavirus inqirozi sababli davlat xarajatlari keskin o‘sgan. Endilikda uni pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi darajaga — YAIMga nisbatan 27% ga tushirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, hukumat kelgusi yillarda davlat qarzi darajasini 50%, budjet taqchilligini 2% chegarada ushlab turishni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting